Farg‘onada piyoda YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 30 mart kuni soat 21:20 larda Farg‘ona shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona shahar Uzun yo‘l ko‘chasi 2-uy oldida, haydovchi 1996 yil tug‘ilgan M.M. Cobalt rusumli transport vositasini tezlikni me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyoda B.U.ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda B.U. olgan tan jarohatlari og‘irligi sababli shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing