Farg‘onada “opiy” va “gashish” sotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 6 aprel kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida giyohvand modda sotgan 2 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIB va DXX tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda “qora bozor”dagi narxda 150 ming dollarga baholangan 11 kilogrammdan ortiq giyohvand modda, “opiy” va “gashish”ni jinoyatda gumon qilingan 2 nafar shaxs 90 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirining farmoyishi asosida joriy yilning 16 fevral kuni Farg‘ona viloyatida olib borilgan “Tozalash” kompleks tezkor profilaktik tadbirlarida navbatdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Farg'ona IIB giyohvand modda gashish opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing