Farg‘onada OITS yuqtirgan ayol fohishalik bilan shug‘ullanib yurgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida orttirilgan immunitet tanqisligi sindromiga chalingan ayol fohishalik bilan shug‘ullanib yurgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Farg‘ona viloyati IIB JQB hamda Yozyovon tumani IIB hodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yozyovon tumanida yashovchi M.A. ismli ayol yashash xonadonida g‘arazli va past niyatlarda erkak va M.X. ismli ayolning jinsiy ehtiyojlarini qondirishi uchun 150 000 so‘m pul evaziga sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘rganish olib borilganida M.X. ismli ayol 2016 yildan buyon OITSga qarshi kurashish markazida “D” nazoratda bo‘lib, OIV infeksiyasiga chalinganini bilib turib, betartib jinsiy hayot kechirib yurgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan, M.X.ga nisbatan esa 113-moddaning 4-qismi bilan ayb e’lon qilinib, M.X. protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatining Shahrixon shahrida ayollarga OITS kasallagini yuqtirgan erkak qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

OITS

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing