Andijonda ayollarga qasddan OITS yuqtirgan erkak qamoqqa olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ayollarga OITS kasalligini tarqatgan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shahrixon tumanida yashovchi S.M Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazida 2020 yilning mart oyida dispanser nazoratiga olingan bo‘lib, o‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Mazkur ogohlantirishlarga qaramasdan fuqaro S.M ayollar Bo‘ston tumanida yashovchi M.D. Shahrixon tumanida yashovchi Yu.Sh. bilan bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo‘lib OIV infeksiyasini yuqtirganligi aniqlangan. Shuningdek, Buloqboshi tumanida yashovchi ayol R.N. bilan ham bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo‘lib, uni OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirganligi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan, Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan S.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon OITS

Baholaganlar

560

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing