Farg‘onada neft korxonasi sexida portlash bo‘ldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ)da portlash bo‘lgani, oqibatda 4-5 nafar ishchi halok bo‘lgani, 1 nafari og‘ir yaralagani haqida xabarlar tarqaldi. Farg‘ona viloyati FVB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, portlash kecha, 18 aprel kuni soat 12:20 larda FNQIZda emas, Toshloq tumani, “Varzak” MFY, Dasht hududida joylashgan “Farg‘ona neft mahsulotlari” MCHJning logistika markazi tashkil etish uchun ajratilgan joyda “Koks” ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sex hududida sodir bo‘lgan.

Ushbu ishlab chiqarish sexidan foydalanish maqsadida sinov tariqasida ishlatish jarayonida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatida 2 nafar korxona ishchisi va 3 nafar qurilishga kelgan fuqarolar turli darajada kuyish tan jaroxati olib, davolanish uchun tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.

“Yuqoridagilarga asosan chaqnashga sig‘imni uzoq vaqt davomida qizdirilishi, sig‘im ichida bosimni ortib ketishi va sig‘imga payvand qilingan qopqog‘i bosimni ko‘tara olmay ochilib ketishi oqibatida sig‘im ichida to‘plangan gaz kondensatini alangalanishi natijasida sig‘im atrofida bo‘lgan 5 nafar fuqarolarning tan jarohat olishlariga sabab bo‘lgan, deb taxmin qilindi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Ta’kidlanishicha, voqea joyi o‘rganilganda xavfli ishlab chiqarish ob’ektini loyixalash, qurish, kengaytirish va foydalanish bilan bog‘lik ishlar uchun tegishli loyixa xujjatlari belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilmagan va tegishli xulosalar olinmagan holatda foydalanishga yo‘l kuygan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xodimlar tomonidin tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Farg'ona

Baholaganlar

258

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing