Farg‘onada mushukni tiriklayin yoqib yuborganlar qamaldi
3-sahifa
−
21 iyun 2023
17500Farg‘ona viloyatida mushukni tirik holda yoqib yuborgan uch nafar shaxs 7, 5, 3 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 21 iyun kuni ochiq sud majlisida M.A., Az.A. va As.A.ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudining qaroriga ko‘ra, M.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi va 189-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish)ga asosan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi;
Az.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi;
As.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, unga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar Qaramko‘l qishlog‘ida yashovchi fuqarolar mushukni vahshiylarcha tiriklayin yoqib yuborgan edi. Dastlab uch nafar shaxsga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingandi. Mazkur qaror Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan bekor qilinib, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi va 189-1-moddasi bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy shahar sudiga yuborilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr