Farg‘onada mudhish YTH. Ikki kishi qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Farg‘onada navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi, yana ikki kishi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda. 

YTH kecha, 13 iyul kuni soat 18:15 larda, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidan o‘tgan 4R-146 “Farg‘ona-Chimyon” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. 

2000 yilda tug‘ilgan Farg‘ona tumani, Oqbilol qishlog‘ida yashovchi A.M. Damas rusumli avtomobilni boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, avtomobil ag‘darilib ketgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Marg‘ilon shahrida yashovchi 1964 yilda tug‘ilgan M.A boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir qilgan. 

YTH oqibatida Damas rusumli avtomobilda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Shunindek, yana ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifonaga yotqizilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing