Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 2 aprel kuni Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tegishli bo‘lgan “UAZ Pikap” rusumli avtomashinasida yo‘l-transport hodisasi sodir etildi.

Ushbu xizmat avtomashina haydovchisi S.Sh. xizmat yuzasidan Farg‘ona tumani, “Farg‘ona-Vodil” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida, piyodalar o‘tish uchun belgilanmagan joyda chap tomondan o‘ng tomonga qarab yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqaro B.N. ni urib yuborgan.

Shundan so‘ng harbiy xizmatchi o‘zining avtomashinasida ushbu fuqaroni Shoshilinch tez tibbiy yordam Farg‘ona shahar filialiga olib borgan. Afsuski, jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Farg‘ona viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda. Xizmat avtomashinasi prokuratura ixtiyoriga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Milliy gvardiya

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing