Farg‘onada koronavirusga chalingan bir nafar bemor qoldi
Jamiyat
−
13 may 2020 5687 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida 6 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 13 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Bugunning ilk xushxabarini Farg‘ona viloyatida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning tuzalib chiqqanligi haqidagi yangilik bilan boshlaymiz. Bugun sog‘ayganlar reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, sog‘ayib chiqqanlarning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan.Qolgan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 3 nafari Farg‘ona viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 23 yosh.
Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar 156 nafar bemor sog‘ayib, koronavirusga chalingan 1 nafar bemor qolmoqda. Ya’ni, vodiy viloyatlari ichida Farg‘ona koronavirusdan holi hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2046 nafarni tashkil etmoqda.
Live
Barchasi