Farg‘onada xalqaro terroristik tashkilot tarafdoriga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida xalqaro terroristik tashkilot tarafdori 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs 2021 yilda Telegram messenjerida kanal ochib, unga aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni joylagan va kanalning 9 nafar obunachisiga tarqatgan. Bundan tashqari, u Instagram ijtimoiy tarmog‘ida xozirgi kunda Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining instruktur va media targ‘ibotchisi bilan bog‘lanib, uning da’vatlari ta’siriga tushgan.  So‘ngra, Suriya davlatida jihod qilish uchun nima qilish kerakligi to‘g‘risida o‘zaro audio va xabar orqali yozishmalar olib borib, XTT safiga qo‘shilishga hayrixohlik bildirgan. 

O‘z navbatida ushbu shaxs yaqin tanishlari va o‘zining sinfdoshlari orasida “jamoat” shakllantirib, ularni Suriya hududiga “hijrat” qilib, terrorchi guruhlar qatoriga qo‘shilishga da’vat qilgan.

DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida uning noqonuniy harakatlari to‘xtatib qolinib, huquqiy baho berilgan.

Natijada u jinoyat ishlari bo‘yicha Furqat tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi, 244-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida 28 yoshli xalqaro terroristik tashkilot tarafdori 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona xalqaro terroristik tashkilot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing