Farg‘onada kelinini vaxshiylarcha o‘ldirib, boshini uzib olgan qaynota qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida kelinini vaxshiylarcha o‘ldirib, uning boshini uzib olgan qaynotaga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Aniqlanishicha, ushbu voqea 2022 yilning oktyabr oyida tumanning “Qumdon” mahallasidagi xonadonlardan birida yuz bergan.

Ish hujjatlarida aytilishicha, 1958 yilda tug‘ilgan ayblanuvchi kenja farzandining xotini bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal davomida qaynota tomonidan 1988 yilda tug‘ilgan kelinining bo‘yin qismiga qattiq zarb bilan urgan. Oqibatda kelin hushini yo‘qotib yerga yiqilgan. 

Ayblanuvchi uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, kelinini Matiz rusumli mashinaning orqa o‘rindig‘iga ortgan. Uni Farg‘ona tumani Oqbuloq qishlog‘idagi adirlikka olib borgan. Shundan so‘ng oshxona pichog‘i bilan hushsiz kelinining bosh qismini tanasidan butkul ajratib olgan. Bosh qismini qora sellofan paketga solib, Oltiariq tumani “Fayzobod” MFYdagi yo‘l chetida joylashgan archa daraxti orasiga ilib ketgan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhuma og‘ir tan jarohati olgani va ko‘p qon yo‘qotgani oqibatida vafot etgan. 

Mazkur jinoyat ishi Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qilgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi va 134-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismiga asosan tayinlangan jazoni qisman qo‘shilib, uzil-kesil 13 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

sud qotillik Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing