Farg‘onada qizini $14 mingga sotayotgan ona ushlandi
3-sahifa
−
04 may 2022
9450Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 2 yashar farzandini sotishga uringan ayol ushlandi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, joriy yilning 28 mart kuni tuman IIBga kelib tushgan ariza bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida ayol 2 yoshli qizini 14 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olingan va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi