Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan burgutni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
14 aprel
2540Farg‘ona viloyati Quva tumanida Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona yirtqich burgutni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirlii xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mas’ul shaxslar tomonidan Quva tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro I.N. tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona yirtqich burgut Telegram tarmog‘i orqali noqonuniy sotilayotganligi aniqlangan.
“Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, burgut ashyoviy dalil sifatida fuqarodan olib qo‘yildi hamda vaqtincha saqlash uchun Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘iga joylashtirildi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi (hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari – 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarima belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan burgut noqonuniy tarzda saqlab kelinayotgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi