Farg‘onada Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tuvchi yana bir tonnel aniqlandi

3-sahifa

image

Kecha, 23 iyun kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Qirg‘iziston Respublikasiga noqonuniy olib o‘tuvchi yer osti yo‘li aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Rishton tumanida yashovchi fuqaro T.M. boshqaruvidagi yuk mashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qiymati 15 mlrd so‘mlik 2707 dona mobil telefon (IPhone 13 Pro Max, Samsung Galaxy S 22 ultra, RedMe Note 11 pro va h.k.) borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, fuqaro T.M.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy rayoni hududiga olib o‘tuvchi, eni 1-1,5 metr, balandligi 2 metr, uzunligi taxminan 130 metr bo‘lgan yer osti yo‘li mavjudligi aniqlangan. 

Ushbu yer osti yo‘li Qirg‘iziston Respublikasidan tovar-moddiy boyliklar olib o‘tishga mo‘ljallangan.

Xabarga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib o‘tuvchi 3 ta yer osti yo‘li aniqlangan edi. Mazkur yashirin yer osti yo‘llari qazigan shaxslarga 6 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona tonnel' er osti yo'li

Baholaganlar

472

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing