Farg‘onada ikkita maktab direktori o‘rinbosari YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image
Qarshida mudhish YTH! 5 kishi qurbon bo‘ldi north_east

Qarshida mudhish YTH! 5 kishi qurbon bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida ikkita maktab direktor o‘rinbosarlari yo‘l-transport hodisasiga uchrab halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumot berdi.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, dastlabki tergov jarayonida, joriy yilning 29 sentyabr kuni soat 20:45 da Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 25-sonli maktabning direktor o‘rinbosari M.D. Nexia rusumli avtomashinasini Qo‘qon shahri tomon boshqarib ketayotib, yo‘lni o‘rtasiga o‘rnatilgan beton to‘siq ustiga chiqib ketganligi va yo‘lni yorituvchi temir stolbaga urilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balonidan yong‘in sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Yong‘in natijasida avtomashina haydovchisi hamda oldi o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchi Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 26-sonli maktabning direktor o‘rinbosari U.Sh. voqea joyida halok bo‘lgan. Orqa o‘rindiqda bo‘lgan yo‘lovchilar Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-sonli maktabning direktor o‘rinbosari T.L. va Dang‘ara tumani Xalq ta’limi bo‘limi qorovuli M.B. tan jarohati olgan hamda ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev yig‘ilishda ayollarning ro‘moli yechish va “beo‘xshov” soqollilar haqida gapirgani uchun keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi. Oliy Majlis Senati Shuhrat G‘aniyevni bu xatti-harakati uchun jiddiy ogohlantirib, 3 oy muhlat berdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing