Farg‘onada IIO xodimi o‘qituvchini kaltaklagani aytilmoqda 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida J.T. ismli IIO xodimi akasining yonini olib, o‘qituvchini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Qayd etilishicha, kecha, 21 oktyabr kuni Dang‘ara tumani “Pishqaron” MFYda joylashgan baliqxona yonida fuqaro M.M. tanishi D.T (videoxabardagi shaxs) bilan pul oldi-berdisi masalasida o‘zaro janjallashib ketgan. 

Oqibatda M.M. D.T.ning yuz va bosh qismiga urib, tan jaroxati yetkazgan. Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari yetib borgan hamda holat tegishli tartibda ro‘yxatga olingan. 

“Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Videoxabarda keltirilgan M.M.ning IIO xodimi J.T.ga qarindoshligi aniqlanmadi”, deyiladi munosabatda.

Boshqarma xabariga ko‘ra, mazkur holat viloyat IIB rahbariyati tomonidan aloxida nozoratga olingan va yakuniga ko‘ra, qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligi ta’minlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbari Sherzodbek Dolimovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, D.T. Dang‘ara tumani 1-sonli kasb-hunar kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, biroq u 1 yil avval ishdan bo‘shagan va hozirda ta’lim tizimida ishlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida Ichki ishlar organi xodimining choyxonada o‘tirganini tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqarolar 15 sutkaga qamalgan edi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida o‘zini IIO xodimi deb tanishtirgan qiz jarimaga tortilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona o'qituvchi IIO Dang'ara IIO xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing