Farg‘onada ichki ishlar xodimi fuqaroga tan jarohati yetkazdi(mi?)

3-sahifa

image

Kecha, 8 avgust kuni farg‘onalik fuqaro Toshloq tumani ichki ishlar xodimi uni urib, tan jarohati yetkazganini aytib ijtimoiy tarmoqlarga videoxabar joyladi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 29 iyul kuni fuqaro M.T. unga tegishli yer maydonining payhon qilingani haqidagi murojaati bo‘yicha IIBga chaqirtirilgan. U shu vaqti profilaktika inspektorlari faoliyatidan asossiz norozi bo‘lib, xodimlarga nisbatan turli xil haqoratli so‘zlar ishlatgan. Bundan tashqari, u tashqariga chiqib ham bu ishini davom ettirgan.

Shundan so‘ng, profilaktika inspektorlari uni tinchlantirish maqsadida qo‘llaridan ushlab xizmat xonasiga olib kirgan va u bilan avvalgi murojaatlari ijrosi ta’minlangani va oxirgi arizasi yuzasidan uni o‘zi tushuntirish xati berishni ortga surib kelayotganini aytishgan. Unga shundan so‘ng uyiga javob berilgan.

“Biroq M.T. ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar xodimlari haqida asoslanmagan, yolg‘on xabarlar tarqatgan”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Qayd etilishicha, hozirda Ichki ishlar organlari xodimlari fuqaro M.T.ning bu harakatlari yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilgan. 

Shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari ham tekshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazilgani yoki boshqacha tarzda tazyiq o‘tkazilgani yuzasidan Ombudsmanga 125 ta shikoyatlar kelib tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona ichki ishlar xodimi tan jarohati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing