Farg‘onada gaz ta’minot korxonasi rahbari 10 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘onada yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatini sodir etgan 4 nafar shaxs 10 yildan 4 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida fuqaro T.M. va boshqalar gaz ta’minot korxonasi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirgan holda chorva fermasi hududida noqonuniy ohak sexi tashkil qilib, 5,6 mlrd so‘mlik 2,1 mln kub metr tabiiy gazni o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.        

Bildirilishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sudning hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, ta’minot korxonasi rahbari M.M. ga 10 yil, uning o‘rinbosari X.M. ga 9 yil, ta’minot korxonasi xodimi A.T. ga 8 yil va fuqaro T.M. ga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

“Hurmatli tadbirkorlar, faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Marg'ilon gaz ta'minot korxonasi rahbari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing