Farg‘onada “zapravka” qariyb 3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, “Turvat” sanoat tarmog‘idan tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi “N.I.B.” MCHJga qarashli mazkur AGTKSHda gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, o‘lchov tizimidagi qurilmalarga tashqi ta’sir o‘tkazilgani aniqlangan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan va 2 milliard 901 million so‘mlik zarar hisoblangan. Mazkur ish bo‘yicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Toshkent viloyati Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona tabiiy gaz zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing