Farg‘onada fuqaroni qo‘rqitib, 8 mln so‘m talab qilgan tovlamachilar ushlandi (video)
3-sahifa
−
18 iyul 3761 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida fuqaroni kaltaklab, uning shaxsiy hayotiga oid tasvirlarni tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan 5 nafar yigit qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona shahrida yashovchi 5 nafar yigit Quva tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Farg‘ona shahrining Beshbola mahallasidagi karer hududiga olib borgan. Ular jabrlanuvchiga tan jarohati yetkazib, uni sir saqlanishi lozim bo‘lgan holatda uyali telefon orqali tasvirga olgan.
Shundan so‘ng gumondorlar olingan tasvirlarni jabrlanuvchining yaqin qarindoshlariga yuborib, uni sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan va tovlamachilik yo‘li bilan 8 million so‘m talab qilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari gumondorlarni jabrlanuvchidan 2 million so‘m olayotgan vaqtida qo‘lga olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida o‘zganing shaxsiy foto va videolarini tarqatish bilan tahdid qilib, 10 million so‘m talab qilgan talaba qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi