Farg‘onada fuqaro xonadonida yuzga yaqin daydi itni saqlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
06 Sentabr
15289Farg‘ona viloyatida fuqaro xonadonida 96 ta daydi it saqlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari itlar vaqtincha saqlanayotgan ushbu xonadonda bo‘lib, hayvonlarning salomatligi, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan.
Ayni paytda mazkur xonadonda 96 ta daydi it saqlanmoqda. Ularga bir kunda 25 kilogrammgacha go‘sht va boshqa turdagi yeguliklar berib borilmoqda.
“Bundan tashqari, bu yerdagi barcha itlar maxsus veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib turiladi, maqsad kasalliklar va itlarning ko‘payib ketishining oldini olishdir”, deydi xonadon egasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida xonadonida yovvoyi sher saqlagan fuqaro javobgarlikka tortilgandi.
LiveBarchasi