Xonadonida yovvoyi sher saqlagan fuqaro javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
19 avgust
9985Xorazm viloyatida xonadonida yovvoyi sher saqlagan fuqaro javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Nazorat inspeksiyasi tezkor guruhi hamda Urganch shahar IIB xodimlari hamkorligida tezkor reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida fuqaro E.S. tomonidan Urganch shahar “Ashxobod” mahallasida joylashgan binoda yosh yovvoyi sher noqonuniy saqlab kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirildi. E.S. bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari – 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Yovvoyi yirtqich esa vaqtincha saqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Nukus hayvonot bog‘i”ga topshirildi.
“Holatga aniqlik kiritish, yovvoyi sher bolasining qanday olib kelinganligi va qayerdan sotib olinganini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borish uchun to‘plangan hujjatlar Urganch shahar IIBga yuborildi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi