Farg‘onada davlatning “svet”ini yeb yotgan mayning fermasi topildi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning fermasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Xususan, Uchko‘prik tumanining Bog‘ibo‘ston mahallasida faoliyat ko‘rsatuvchi MCHJda fuqaro M.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, mayning qurilmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlangan. 

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan. 

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida davlat manfaatlariga 24 milliard so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi topilgan. Keyinroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida  114 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan fuqarolar aniqlangan. Bu orqali ular davlat va jamiyat manfaatlariga 425,7 million so‘m zarar yetkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

mayning ferma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing