Buxoroda mayning ferma 1,2 mlrd so‘mlik tokni o‘g‘irladi (video)
3-sahifa
−
01 may 2025 4810 1 daqiqa
Buxoro viloyati Olot tumanida 1 milliard 22 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zenergoinspeksiya Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro L. N. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 22 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025