Farg‘onada davlat yerini pullashga uringanlar qo‘lga tushdi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida 22 sotix yer maydonini sotishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning yanvar oyida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Yoshlar kichik sanoat zonasi” hududidan mahalliy mas’uliyati cheklangan jamiyatga qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida uzoq muddatga 22 sotix yer maydoni ijaraga berilgan.

Lekin muqaddam sudlangan MCHJ rahbari sotish huquqi bo‘lmasada, ushbu yer maydonini xaridorga 52 ming AQSH dollariga sotishga kelishib hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”da ishlovchi tanishi orqali uning nomiga xususiylashtirib berishi evaziga 15 ming AQSH dollari, jami 67 ming AQSH dollari talab qilgan.

Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”ning Furqat tumani bo‘yicha yetakchi mutaxassisi MCHJ rahbari bilan birga 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Farg‘ona viloyatida tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer maydonini ajratib berishi evaziga 50 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Firibgarlik er sotish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing