Farg‘onada dahshatli YTH: Haydovchi vafot etdi

Jamiyat

Farg‘onada mudhish YTH sodir bo‘ldi. Yo‘l-transport hodisasi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlar orqali QALAMPIR.UZ tahririyatiga yo‘llandi. 

Unda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi DAMAS rusumidagi avtomobillarni ko‘rish mumkin. Avtomobillar bir-biri bilan to‘qnashishi oqibatida ikkisi ham og‘ir darajada shikastlangan. 

Videoni suratga olgan guvohlardan birining ma’lum qilishicha, avtomobillar odamlar bilan to‘la bo‘lgan. Natijada yo‘lovchilarning ko‘p qismi jarohatlangan. Guvohning qayd etishicha, voqea joyiga 5-6 ta tez yordam mashinasi kelgan, ular jarohatlanganlarni shifoxonaga tashib ulgirmagan. 

Videoda erkak kishining yerda yotgani tasvirlangan. Uning yuzi mato bilan yopib qo‘yilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, u avtomobillardan birining haydovchisi va voqea joyining o‘zida uvafot etgan. 

QALAMPIR.UZ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga mazkur hodisa yuzasidan ma’lumot so‘rab, murojaat qildi. Rasmiylar ayni vaqtda YTH tafsilotlari o‘rganilayotganini ma’lum qildilar. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing