Farg‘onada bir kechada ikki joyda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
24 mart
2115Kecha, 23 mart kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va O‘zbekiston tumanlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tungi soat 19:42 da Uchko‘prik tumani Navro‘zshoh ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak uchun mo‘ljallangan do‘konning 70 kv metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in-qutqaruvchilar 19:44 da voqea joyiga yetib borib, 19:47 da yong‘inni o‘rab olgan va 19:55 da to‘liq o‘chirgan.
“Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda“, deyiladi xabarda.
Yana bir holat soat 22:09 da O‘zbekiston tumani “Oqtepa” MFY hududida sodir bo‘lgan. Bu yerda transformator moyida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in-qutqaruvchilar 22:14 da voqea joyiga yetib borib, 22:16 da yong‘inni o‘rab olishgan va 22:21 da batamom o‘chirgan.
“Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqqandi.