Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Farg‘onada bir guruh shaxslar fuqaroga bolta bilan hujum qildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada bir guruh shaxslar fuqaroga bolta bilan hujum qilib, ayovsiz kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 10 mart kuni Yangi asr ko‘chasida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. sobiq kuyovi 1992 yilda tug‘ilgan  A.A. bilan singlisini haqorat qilgani sababli o‘zaro janjallashgan. Janjal davomida S.A. va boshqalar fuqaro A.A.ning tanasini turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida A.A.ning tan jarohatlari o‘rtacha og‘irlikdagi shikastlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan S.A. va uning sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barchasi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra, har bir shaxsning xatti-harakatlariga qonuniy baho beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati Xatirchi tumani 43-sonli maktabda qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro kaltaklanib, tog‘da tashlab ketilgan edi. Uni kaltaklagan fuqaro O.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing