Farg‘onada ayolini rashk qilib kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi
3-sahifa
−
25 iyul
4566Farg‘onada 18 yillik turmush o‘rtog‘ini ayovsiz urgan 44 yoshli erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan. Bir nechta asossiz sabablar Rossiyaga ketgan erkakda ayoliga nisbatan shubha uyg‘otgan. Erkak Rossiyadan qaytib kelib, ayoli bilan tez-tez janjallasha boshlagan va uni o‘lasi qilib kaltaklagan.
Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkak Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Oilaviy zo‘ravonlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 49 yoshli erkak rashk sababli xotinini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ygandi.
LiveBarchasi