Farg‘onada ayanchli YTH: ikki yosh yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Farg‘onada Spark va “KamAZ-53212” yuk avtomobili ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Natijada Spark haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda 

YTH bugun, 6 sentyabr kuni soat 06:00 larda, Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Hamza MFY hududidan o‘tgan 4R-148B avtomobil yo‘lining 5-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan S.F. Spark rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qoladi. Natijada qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan B.B. boshqaruvidagi “KamAZ-53212” rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashadi. 

Natijada, Spark rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli S.F. va yo‘lovchisi 1991 yilda tug‘ilgan A.N. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etadilar. 

Mazkur YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

617

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing