Farg‘onada ariqdan yosh bolaning jasadi topildi (video)
Jamiyat
−
26 mart
14658Joriy yilning 24 mart kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Qo‘rg‘oncha mahallasi hududidan o‘tgan ariqdan 2 yoshli o‘g‘il bolaning jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga viloyat IIBB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Beshariq tuman prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismidan 24 mart kuni soat 21:00 da “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan “Nasibabonu bog‘i rohat” fermer xo‘jaligi hududidan oqib o‘tgan mahalliy ariq ichidan erkak jinsli, yoshi 1-2 lar atrofidagi voyaga yetmagan shaxsi noma’lum murda aniqlangani haqida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan shaxsi noma’lum murda aniqlangan hudud tezkor-tergov guruhi tomonidan krim-texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, barcha protsessual harakatlar amalga oshirilgan va hujjatlar rasmiylashtirilgan.
RSTEIAMFF Qo‘qon tumanlararo bo‘linmasining 25 mart kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, shaxsi noma’lum murdaning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan va uning o‘limiga “nafas yo‘llarini suv bilan berkilishi natijasidagi mexanik asfiksiya” sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida voyaga yetmagan shaxsi noma’lum murdani shaxsiga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmagan.
Shuningdek, viloyat IIB tomonidan shaxsi noma’lum murda haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lganlar yaqin oradagi Ichki ishlar organiga yoki 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Namangan shahrida ona bir va uch yoshli farzandlari bilan o‘zini kanalga tashlagandi. Mazkur hududdan o‘tib ketayotgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga yetmagan bola qutqarib olingan. Ayolning jasadi esa Shimoliy Farg‘ona kanalidan topilgan.
LiveBarchasi