Farg‘onada aliment to‘lashdan qochib yurgan ota quduqdan topildi

3-sahifa

image

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv shu’basi inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandini moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor yashash xonadonidagi quduqdan topildi. Bu haqda MIBning viloyat boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketgan va ikkinchi tomon farzandini moddiy ta’minlamay qo‘ygan.

Shundan so‘ng, ona o‘z huquqidan foydalangan holda farzandi haqqini talab qilib sudga murojaat etadi. Sud qaroriga ko‘ra, undiruvchi foydasiga ikki nafar farzandi uchun har oyda aliment undirish tartibi belgilanadi. 

Sud ijro hujjati Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Biroq, ota aliment to‘lamay yurgan va qarzdorlik 10 mln so‘mdan ortib ketgan. 

“Ustiga-ustak ishlash maqsadida Toshkent shahriga borib, “berkinib” yurdi,”deyiladi xabarda.

Oxir-oqibat unga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilindi. Boshqarma inspektorlari huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari bilan hamkorlikda topish chorasini olib bordi. Bu natija berib, ota Toshkent shahridan yashash xonadoniga kelgani ma’lum bo‘ldi. Xodimlar olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, otaning yashash xonadoniga borganda, oila a’zolari uni kelmaganini bildirgan. Noiloj, xonadon yashash joylari puxta ko‘zdan kechirilganda, qarzdor yangi kovlanayotgan quduq ichidan topilgan. 

Qidiruvdagi shaxs belgilangan tartib bo‘yicha davlat ijrochisiga topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Surxondaryoda farzandlariga aliment to‘lamagani uchun ikki yil oldin qidiruvga berilgan ota uyining yerto‘lasidan topilgandi. Qashqadaryoda esa aliment to‘lamasdan qochib yurgan erkak uyidagi ko‘rpalar tagidan topildi. Toshkent viloyatida aliment to‘lamagani uchun qidiruvda bo‘lgan erkak Damas avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotganida MIB Toshkent viloyat boshqarmasi qidiruv bo‘limi hamda YHXB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda MIB xodimlarini ko‘rib, dala tomonga qochgandi. Bundan shubhalangan xodimlar unga tegishli ma’lumotlarni tekshirganida, erkak shu paytgacha alimentdan qochib yurgan ota bo‘lib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing