Farg‘onada 7 ming “ko‘ki” evaziga IIOga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘onada 7000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 18 yanvar kuni o‘tkazilgan tadbir davomida, arizachiga o‘zini “N”deb tanishtirgan ayol 7 000 AQSH dollari evaziga IIOga ishga olib kirib qo‘yishini aytib, oldindan 2 000 AQSH dollari olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “N” muqaddam Jinoyat kodeksining 168, 223-moddalari bilan 3 marotaba sudlangani aniqlangan. U pullarni o‘z ehtiyoji uchun olgani, boshqa shaxsga berish niyati bo‘lmaganini bildirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made