Farg‘onada 25 yoshli yigitni choyxonada o‘ldirib ketgan shaxs qariyb 3 oyda ushlandi
3-sahifa
−
06 sentabr 2023 14253 1 daqiqa
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi choyxonada 25 yoshli yigit o‘ldirib ketilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu qotillikni sodir etgan shaxs qariyb 3 oydan so‘ng qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Joriy yilning 21 iyun kuni fuqaro O.Z. Dang‘ara tumanidagi choyxonalardan birida o‘tirgan vaqtida, 1998 yilda tug‘ilgan J.U. bir necha tanishlari bilan choyxonaga kelib, janjallashgan. U yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan O.Z.ning o‘ng ko‘krak qafasiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda O.Z. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, J.U.ga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Qo‘qon shahridagi tozalash maxsus-profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.U. qo‘lga olinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28