Farg‘onada 25 yoshli yigit o‘ldirib ketildi
3-sahifa
−
24 iyun 2023
21750Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi choyxonada 25 yoshli yigit o‘ldirib ketildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov xabar berdi.
Joriy yilning 21 iyun kuni soat 22:40 larda Qo‘qon shahar shoshilinch yordam ko‘rsatish markazining xabariga ko‘ra, 1998 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan O.Z. o‘ng ko‘krak qafasi oldi tomoni teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan holda shifoxonaga olib kelingan.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat 21:00 larda O.Z. o‘rtoqlari bilan Dang‘ara tumanidagi “Marokash” nomli choyxonada o‘tirgan vaqtida 1998 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan U.J. bir nechta o‘rtoqlari bilan choyxonaga kelib, fuqaro O.Z.ni o‘zlari turgan joyga chaqirgan. Ular o‘zaro janjallashib qolgan va yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan O.Z.ning o‘ng ko‘krak qafasiga urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda O.Z. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda gumondor U.J.ni qidirib topish choralari ko‘rilgan.
LiveBarchasi