Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona shahrida o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda "Hududgazta’minot" AJ xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan reyd jarayonida tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati aniqlangan. Xususan, shaharning “Shakarqishloq” MFYda joylashgan issiqxona hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy ravishda foydalanib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilingan va 1,6 mlrd so‘mlik zarar aniqlangan. To‘plangan barcha hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Kogon tumanida 8,85 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona tabiiy gaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing