Farg‘onada “Hizb ut-Tahrir” a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat
−
28 may 2020
16792Joriy yilning may oyida Farg‘ona viloyatida istiqomat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati ta’qiqlangan “Hizb ut- Tahrir” terrorchilik tashkilotini bir guruh a’zolarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ular muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lib, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan hamfikrlari bilan jinoiy til biriktirib, aholi orasida “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini va adabiyotlarini tarqatish, muqaddam jazo muddatini o‘tab chiqqan “tahrirchilar”ni jinoyatga jalb qilish orqali tashkilot safini kengaytirishga qaratilgan xatti-harakarlarni sodir etishgan.
Hibsga olingan shaxslarning yashash manzillarida ekstremistik mazmundagi adabiyotlar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olib qo‘yilgan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan jinoiy aloqalarini aniqlash va tergov harakatlariga jalb qilishga qaratilgan surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.
LiveBarchasi