Farg‘onada ham bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani rostmi?
3-sahifa
−
16 may
11259Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hududida bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Videotasvirlarda noma’lum erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib, olib ketmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Mazkur holatga viloyat IIB axborot xizmati o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, olib borilgan o‘rganishlar natijasida ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan yiroq ekanligi ma’lum bo‘lgan. "Farg‘onada yosh bolani mashinaning orqasiga solib olib ketmoqchi bo‘libdi", mazmunidagi xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilingan.
Unga ko‘ra, 2024 yilning 14 may kuni Qo‘qon shahar Obodyurt ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan M.M. ushbu mahallada turarjoyga ega bo‘lgan qo‘shnisi M.A.ga tegishli uyning devor va oynasiga tosh otib sindirgan. Buni ko‘rgan M.A. voyaga yetmagan shaxsni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinasining yukxonasiga solib avtomashinani harakatlantirgan paytda M.M.ning onasi V.T. ko‘chaga chiqib, mashinani to‘xtatib, farzandini mashinadan tushirib olgan hamda o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborilgan.
"Fuqarolardan vahima va sarosimaga tushmasliklarini hamda ishonchsiz, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Xususan, yuqoridagi xabar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", deyiladi viloyat IIBning murojaatida.
LiveBarchasi