Farg‘ona vodiysida yer silkinishi qayd etildi
Jamiyat
−
21 Oktabr 2020
5521Bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:08 da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Yer silkinishi koordinatalari: 41,29 gradus shimoliy kenglik; 73,06 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km.
Yer silkinishi epitsentridan Toshkentgacha masofa 321 km sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
Namangan: 121 km, 3 ball;
Andijon: 82 km, 3 ball;
Farg‘ona: 147 km, 3 ball.