Farg‘ona viloyatining uch tumani elektr ta’minotidan uzildi

Jamiyat

image

Uchko‘prik, Bog‘dod va Buvaydadagi iste’molchilar (4 900 ta) elektr ta’minotidan qisman uzilgan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 9 yanvar kuni soat 10:59 da Farg‘ona viloyatidagi 110 kVli "L-Charxiy-2" elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.

Natijada Uchko‘prik, Bog‘dod va Buvayda tumanlari iste’molchilari qisman (4 900 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu nosozlik soat 16:00 ga qadar to‘liq bartaraf qilinishi aytilgan.

"Ayni paytda elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda", deyiladi ushbu xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Uchko'prik Buvayda Bog'dod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing