Farg‘ona viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 5 iyul kuni Farg‘ona viloyatida mehnat qilayotgan imom-xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Salim Qodirov o‘z ixtiyoriga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bosh imom-xatibi va “Xonaqoh” jome masjidi imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona imom-xatib

Baholaganlar

153

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing