Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemor qolmadi
Jamiyat
−
14 may 2020
6751Farg‘ona viloyatida davolanayotgan so‘nggi bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 14 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan so‘nggi bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Farg‘onada tuzalgan so‘nggi bemor (40 yoshli erkak) ushbu viloyatning Oltiariq tumanidan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Shunday qilib, viloyatdagi fidoyi shifokorlar sa’y-harakati tufayli koronavirus infeksiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sog‘aydi.
Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda.
LiveBarchasi