Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
13 mart
7570Sherzod Abduxalilovich Rahimov Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Sherzod Rahimov shu paytgacha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
U 2019 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelgan va joriy yil 21 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining rahbari etib tayinlangan Fayzullajon Qosimovning o‘rnini egalladi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Rahimov 1984 yilda Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini hamda Toshkent davlat Agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2004 yilda tarix o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2007-2010 yillarda FarDU aspiranti, 2010-2011 yillarda ushbu universitet qoshidagi akademik litseyda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lgan. 2011-2015 yillarda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati Kengashi raisi bo‘lib ishlagan. 2015-2019 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2020 yil 22 yanvardan tayinlovga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Xalq banki Sirdaryo viloyati filiali rahbari sifatida ishlab kelgan Abdurahim Umarov Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi