Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Saidmurod G‘ulomovich Aminjonov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Saidmurod Aminjonov viloyat hokimligining tashkiliy nazorat guruhi rahbari, Dang‘ara tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari ham tayinlandi.

Xususan, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Komilaxon Kavlonova hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga Dilmurod Asqarov va Topvoldi Xoldorov tayinlandi.

Avvalroq, Toshkent va Sirdaryo viloyati hokimlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing