Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida karantin yumshatiladi – Prezident topshirig‘i

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24 aprel kuni aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

22 aprel kuni o‘tgan videoselektor yig‘ilishida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlatish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari Samarqand va Namangan viloyatlari misolida muhokama qilingan edi. Bu galgi yig‘ilishda Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida shu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘onada 120 nafar, Qashqadaryoda 6 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan.

Karantin davrida Farg‘onada 10 ming, Qashqadaryoda 11 mingta korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan. Buning oqibatida ayni paytda ishsizlar soni oshgan. Bundan tashqari, Farg‘onada 56 mingta, Qashqadaryoda 91 mingta ehtiyojmand oila mavjud.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va ushbu viloyatlar hokimlariga kasallik yuqtirish xavfi yuqori, o‘rta va past darajada bo‘lgan tuman hamda faoliyat turlarini tahlil qilib, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish topshirig‘i berildi.

Joriy yilda qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun Farg‘onadagi 130 ta ob’ektga 632 milliard so‘m, Qashqadaryodagi 132 ta ob’ektga 536 milliard so‘m ajratilgan. Lekin birinchi chorakda mablag‘larni o‘zlashtirish va loyihalarni amalga oshirish rejadagidan ancha ortda qolgan. 

Prezident aholi bandligini ta’minlash uchun qurilishlarni davom ettirishga ruxsat berilganini inobatga olib, mazkur ikki viloyatdagi ob’ektlarda belgilangan ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

610

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing