Farg‘onada mikroavtobus va ikkita yengil avtomobil to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Bugun, 6 mart kuni soat taxminan 08:00da Farg‘ona shahar Quva ko‘chasida  mikroavtobus va ikki yengil avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

62 yoshli fuqaro S.C. o‘z boshqaruvida bo‘lgan ISTANA rusumli mikroavtobusni Farg‘ona shahar markazi tomondan Quva tumani markazi tomonga boshqarib ketayotgan paytda, shu ko‘chadagi 234-uy oldida, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisida harakatlanib kelayotgan 21 yoshli fuqaro F.S. boshqaruvidagi Lacetti-2 rusumli hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan 27 yoshli D.N. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinalar bilan to‘qnashib ketgan.

Oqibatda Nexia rusumli avtomashina haydovchisi D.N., ISTANA rusumli mikroavtobus haydovchisi S.S. Farg‘ona viloyat tez-tibbiy yordam ko‘rsatish markazining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

11

Bundan tashqari, YTH vaqtida mashinalarda bo‘lgan 5 nafar shaxslar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergovga kirishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing