Farg‘ona IIB mast fuqaro poyezd tagida qolgani haqidagi xabarga izoh berdi

3-sahifa

image

Avvalroq Farg‘ona viloyatida poyezd temir yo‘lda uxlab qolgan mast fuqaroning ustidan yurib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Fuqaro temir yo‘l izlari ichi (koleya)da yotgani sababli tirik qolgani aytilgandi.

Farg‘ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi mazkur xabarlarga izoh berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 4 avgust kuni soat 21:51 larda Andijon-Qo‘qon yo‘nalishidagi 93-sonli yo‘lovchi poyezdi Qo‘qon-Buvayda temir yo‘l bekatlari oralig‘i 7-km 7 to‘siqda shoshilinch tormoz berib to‘xtagan.

Voqea joyiga darhol tezkor tergov guruhi chiqarilib, surishtiruv ishlari olib borilganida, mashinistning ko‘ziga temir yo‘l yaqinida noma’lum fuqaro ko‘ringani sababli shoshilinch tormoz berib, poyezdni to‘xtatgani aniqlangan. Shundan so‘ng mashinist tevarak atrofni ko‘zdan kechirganida xech kim yo‘qligini ko‘rgan, voqeaga guvoh bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, temir yo‘l yaqinida xech qanday fuqaro bo‘lmagan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB Transportda XTB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

poezd

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing