Farazlar oydinlashgan kun. O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi-davlat maqomida qo‘shildi
Jamiyat
−
07 mart 2020
7590Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikning O‘zbekiston milliy iqtisodiyotiga ta’sirini kompleks o‘rganish natijasida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘ladigan chora-tadbirlar belgilandi hamda YeOII bilan kuzatuvchi-davlat maqomida hamkorlik qilish taklifi ma’qullandi.
Vazirlar Mahkamasida kecha, 6 mart kuni O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorligi yuzasidan olib borilgan tahliliy va kompleks baholash ishlari yakuni bo‘yicha tegishli xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga kiritish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida ushbu qarorga kelingan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini atroflicha o‘rganish va chuqur tahlil qilish maqsadida hukumat, tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan iqtisodiy integratsiya masalasida mamlakat iqtisodiyotining yirik 16 tarmog‘ida o‘rganish ishlari olib borilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yetakchi mustaqil konsalting kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining izlanishlari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va xulosalar ko‘rib chiqildi. Bunda O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligi doirasidagi iqtisodiyotning yirik tarmoqlari, jumladan, sanoat, tashqi savdo siyosati, bojxona-tariflarini tartibga solish mexanizmi, mehnat migratsiyasi, standartlashtirish va veterinariya, sanitariya, fitosanitariya nazorati singari ko‘plab masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosalari o‘rganib chiqilgan.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tahliliy va kompleks baholash ishlari asosida ishlab chiqilgan xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilingan.
LiveBarchasi