Farhod Mannopov vafoti bo‘yicha Bosh prokuratura bayonot berdi
3-sahifa
−
05 mart 2023
55129Bloger Farhod Mannopovning vafoti bo‘yicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
“5 mart kuni 26 yoshli Farxod Mannapov (Mittivine) o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan keyin vafot etganligi holati yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi u.
Qayd etilishicha, tekshiruv doirasida shifokorlarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.
“Farhod Mannapovning vafot etgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olingani haqida tarqalayotgan xabarlar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deydi Shamsutdinov.
Bosh prokuratura jamoasi marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etib, hamdardlik bildirgan.
LiveBarchasi