Farhod Ermanovga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Umar Sapayevich Ismailov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari Botir Rahmatovich Parpiyev ishtirokida yig‘ilish bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Jahongir Qo‘shnazarovich Sa’dullayev Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Sa’dullayev o‘zining mehnat faoliyatida davomida Ichki ishlar organlarida mas’ul lavozimlarida samarali mehnat qilgan, ushbu lavozimga tayinlangunga qadar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shu bilan birga, Xorazm viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari ham tayinlandi.

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Gulsara Ahmedovna Qurbonboyeva hamda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga Sardorbek Qabulovich Rahimov va Matkarim Jumaniyazov tayinlanishdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimi Farxod Ermanov boshqarib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Farhod Ermanov Jahongir Sa'dullaev

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing